Prezidentlikka nomzod oppoq unga belandi...

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Frantsiya prezidentligiga sotsialistik partiyadan nomzod Fransua Holland, hatto, og‘iz ochishga ham ulgurmadi.

Parijda nutq irod qilishga chog‘langan bir paytda janob Holland oppoq unga belandi.

Namoyishchilardan biri prezidentlikka nomzoddan noroziligini un sepish bilan ifodaladi.

Ammo o‘zi ham xavfsizlik xodimlaridan yaxshigina ta‘zirini yemay qolmadi.

Frantsiya prezidentligiga saylovlar shu yil 22 aprelga rejalangan.