Uitni Xyuston vafot etgan

Image copyright AFP
Image caption Dunyoga mashhur Uitni Xyustonning qo‘shiq kuylash uslubiga ko‘p xonandalar taqlid qilishgan

Mashhur amerikalik qo‘shiqchi va kinoaktrisa Uitni Elizabet Xyuston shanba kuni 48 yoshida vafot etgan.

Uning jasadi Los Anjelesdagi "Beverli Xilton" mehmonxonasida topilgan.

"Uitni Xyuston o‘limi 15:55 da o‘tganda Beverli Xilton mehmonxonasida qayd etilganini tasdiqlayman".

15:43 da biz mehmonxona nazoratchisidan xabar oldik.

Politsiya bir necha daqiqa o‘tib mehmonxonaga yetib bordi", - deb e‘lon qilgan politsiya vakili Mark Rouzun.

Qidiruv ishlari boshlangan.

Avvalroq, giyohvand moddalar iste‘mol qilish bilan bog‘liq muammollari borligi haqidagi mish-mishlarni qo‘shiqchi rad qilib kelgan.

Uitni Xyuston soul va tirm-end-blyuz uslubida qo‘shiqlar kuylagan.

Kuchli ovoz va kerakli tashqi ko‘rinish uni tarixdagi eng mashhur va muvvaffaqiyatli qo‘shiqchilardan biriga aylanishiga imkon berdi.

Uitni Xyuston eng ko‘p musiqiy mukofotlarni qo‘lga kiritgan qo‘shiqchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgan.

Xususan, u olti "Gremmi", 15 ta "Billbord"(Billboard Music Awards), 21 AQSh mukofoti (American Music Awards) va ikki "Emmi" kabi nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Dunyo bo‘ylab uning 170 million nusxada musiqiy yozuvlari sotilgan.

Muhabbat gimni

"Rolling Stone" jurnali Xyustonni jahonning eng buyuk ijrochilari ro‘yxatiga kiritgan.

Amerikaning "Qo‘riqchi" filmiga qo‘shiqchi Dolli Parton yozgan "I Will Always Love You" balladasi Xyuston ijrosida dunyo bo‘ylab xit va muhabbat gimni darajasiga chiqa olgan.

Uitni Xyuston kinoda muvaffaqiyatli suratga tushgan.

1992 yil aktyor Kevin Kostner bilan birga suratga tushgan "Qo‘riqchi" filmi katta shuhrat qozongan.

Uitni Xyuston 9 avgust 1963 yil Amerikaning Nyu Jersi shtatidagi Nyuarkda tug‘iladi.

Jon va Sissi Xyustonlar oilasida uch farzandning kichigi bo‘lgan.

Uitnining onasi , qarindoshi Dayon Uorik va cho‘qintirgan onasi Areta Franklin ritm-end-blyuz, soul va rospel musiqaning dunyoga mashhur vakillari sanaladi.

Uitni Xyuston 11 yoshida Nyuarkning "Cherkovning yangi umidlari" xorida kuylashni boshlagan.

Yoshligida o‘zini model sifatida sinagan va Nyu York klublarida qo‘shiq aytgan.

1983 yilda Arista Rekords ovoz yozish kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma uning musiqiy karerasini boshlab bergan.

1992 yil Uitni Xyuston rep qo‘shiqchi Bobbi Braun bilan turmush quradi, bir yil o‘tgach qizi Kristina dunyoga kelgan. Ularning oilaviy hayoti janjalu mojarolar bilan kechadi.

2003 yilda politsiya Bobbi Braunni xotinini urgani uchun hibsga olgan. 2007 yilda ular ajralishadi.

2000-2005 yillarda qo‘shiqchi ko‘p marotaba belgilangan kontsert va uchrashuvlarini bekor qiladi.

Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra,Uitni Xyuston tashqi ko‘rinishidan sog‘lom ko‘rinmagan,omma oldida o‘zini g‘alatiroq tutgan.

Biroq keyingi paytlarda uning sog‘ligi yaxshilangan, ovoz imkoniyatlari tiklangani aytilgan.

2009 yil dekabrida Uitni Xyuston Moskvada kontsert bergan.