Musulmon da‘vatchi Abu Qatada qamoqdan ozod qilingan

Image caption Abu Qatada qattiq kafolat sharti bilan qamoqdan chiqarilgan

Haqiqiy ismi Umar Usmon bo‘lgan Abu Qatada Britaniya qamoqxonasidan uy qamog‘iga o‘tkazilgan.

Abu Qatada Ovro‘poda jihod g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan eng nufuzli da‘vatchilardan hisoblanadi.

Abu Qatada qattiq kafolat talabi bilan ozod qilingan.

U Soat 22:00 dan keyin kommendantlik vaqtiga rioya qilishi va elektron soat taqib yurishi shart.

Qatada o‘z uyidan bir kunda ikki marta, ko‘pi bilan bir soatga tashqariga chiqa oladi.

Internet va qo‘l telefonidan foydalanishi ta‘qiqlanadi.

O‘tgan haftada Britaniya mahkamasi Abu Qatada inson huquqlari bo‘yicha Ovro‘po mahkamasida Iordaniyaga deportatsiya qilinishiga qarshi qarorni yutib chiqqanidan so‘ng uni kafolat ostida ozod qilib, uy qamog‘iga o‘tqazish qarorini chiqargan edi.

Britaniya hukumati uni milliy xavfsizlikka xavf solishini aytgan.

Abu Qatada Iordaniyada terrorchilikda ayblangani bois, go‘yoki u xavfsizlik xavotirlarini tug‘diradi.

Qatada o‘zini deportatsiya qilinishiga qarshi mahkama qaroriga qarshi olti yildan buyon kurashib kelgan.

Oldinroq Ovro‘po mahkamasi Abu Qatadaning Britaniyadan Iordaniyaga deportatsiya qilinishini to‘xtatib qolgandi.

Ovro‘po mahkamasi agar u deportatsiya qilinsa, ma‘lumot olish uchun qiynoqqa solinishi mumkin degan xulosaga kelgan.

Avvalroq, London tomoni Abu Qatada qiynoqqa solinmasligi haqida Iordaniya rasmiylari bilan kelishuvga erishgan.