Jalolobodda "Hizbu Tahrir"ga a‘zolikda gumon qilingan 9 kishi hisbga olindi

Qirg‘iziston janubidagi Jalolobod viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasining ma‘lum qilishicha, "Ekstremist" nomi ostida o‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida 9 kishi hisbga olingan.

Amaliyot 9 fevraldan 14 fevralgacha o‘tkazilgan.

Rasmiylarning aytishlaricha, qo‘lga olingan 9 kishidan 5 nafari shaxslari aniqlangach va ularning uylaridan topilgan kitob va varaqalar yuzasidan ekspertiza xulosalari ma‘lum bo‘lgunga qadar qayta ozod etilganlar.

Lekin hibsga olinganlarning hammasi Qirg‘izistonda noqonunuiy, deya e‘lon qilingan "Hizbu Tahrir" diniy siyosiy firqasiga a‘zo bo‘lishda gumon qilinmoqda.

Jalolobod militsiyasi rasmiylariga ko‘ra, hibsga olinganlar uyida mahkama qarori bilan tintuv o‘tkazilgan va buning natijasida diniy adabiyot va varaqalar topilgan.

Hibsga olinganlarning hammasi 40-50 yoshlar o‘rtasida, aksari ishsiz ekanliklari aytilgan.

Ichki Ishlar Vazirligi zobitiga ko‘ra, hibs ostida qolgan 4 nafar shaxs hozirda Suzoq tumani vaqtincha hibsxonasida ushlab turilibdi.

Ulardan biri mahalliy masjidlarning birining imomi ekanligi ham aytilgan.

Qirg‘izistonda "Hezbu Tahrir" kabi noqonuniy diniy-siyosiy guruhlarga mansublikda ayblanib, hibsga olishlar tez-tez ro‘y berib turadi.