Amerika uchog‘i Pokistonda jangarilarni nishonga olgan

Image copyright AP
Image caption Amerika uchuvchisiz uchoqlari yillar davomida Vaziriston mintaqasiga hujum qilib kelishadi

Pokiston rasmiylarining aytishicha, Amerikaning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘i Afg‘onistonga chegaradosh hududga otgan raketa kamida besh jangarini o‘ldirgan.

Mulozimlarga ko‘ra, uchuvchisiz uchoq payshanba kuni Shimoliy Vaziristondagi Mironshoh shahrining Spalga qishlog‘ini nishonga olgan.

O‘tgan oyda Amerika prezidenti Barak Obama uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlardan Pokistonning jangarilar joylashgan hududlarida foydalanishni yoqlab chiqqan edi.

Pokiston hukumati bunday hujumlar mamlakat mustaqilligiga dahl qilayotganini aytgan.

Pokistonning Shimoliy va Janubiy Vaziriston hududi "Al-Qoida" va Tolibon jangarilarining boshpanasi hisoblanadi.

O‘tgan haftada ham Spalga qishlog‘iga qilingan havo hujumi paytida Pokiston toliblari doxil kamida 10 kishi o‘ldirilgan edi.

Yillar davomida Amerika uchuvchisiz uchoqlari Vaziriston mintaqasiga hujum qilib kelishadi.

Amerika uchuvchisiz uchoqlarda sodir etilgan hujumlarda yuzlab odamlar o‘ldirilgani haqida aslida hisob bermaydi.

AQSh bunday uchoqlar oddiy kuchlarning qo‘li yetmayotgan isyonkorlar yetakchilarini mo‘ljalga olishiga ishonadi.

Pokiston matbuoti esa bunday hujumlar ortidan yuzlab oddiy fuqarolar halok bo‘layotganini aytadi.

Ushbu hujum o‘tgan haftada Al-Qoidaning Pokistondagi nufuzli mulozimlaridan biri bo‘lgan Badar Mansurning uchuvchisiz uchoq yordamida o‘ldirilganidan keyin bir hafta o‘tib sodir bo‘lgan.