Huquq himoyachilari afg‘on qochqinlarining taqdiridan xavotirda

Image copyright na
Image caption Qahraton qishda sovuqdan muzlab o‘lganlarning ko‘pchiligi bolalardir

Urush ofatlaridan qochib o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan, lekin hukumat va xalqaro donorlar tomonidan tashlab qo‘yilgan 500 mingga yaqin afg‘on qochqinlari yashash uchun kurashmoqdalar, deb bildiradi Amnesti Interneshenel xalqaro tashkiloti.

Tashkilotning hisobotida keltirilishicha, kamida 28 bola Kobul yaqinidagi qochqinlar uchun jamlog‘larda qattiq kelgan qishning og‘ir sharoitiga dosh berolmay nobud bo‘lishgan.

Hukumatning bergan raqamlariga ko‘ra, mamlakatda 40 dan ortiq odam muzlab o‘lgan, - deb xabar beradi huquq himoyachilari.

Afg‘on rasmiylari e‘lon qilingan ushbu hisobotni izohlamagan.

"Minglab odamlar isitilmagan binolardagi ayanchli sharoitlarda ochlikdan o‘lim yoqasiga kelib qolishgan.

Afg‘on hukumati ularga nafaqat yordam bermaydi, balki ularga kerakli ko‘mak ko‘rsatishga xalaqit qilmoqda", - degan Amnesti Interneshenel tashkilotining Afg‘oniston masalalari bo‘yicha vakili Xoria Mosadik.

"Mahalliy hukumat "bu odamlar tezda jamlog‘larni tark etadi" bahonasi bilan ularga zarur yordamlarni yetqazishmayapti.

Bu asosan yashirin, lekin qo‘rqinchli insoniy krizisdir",- deb aytgan huquq himoyachisi.

"Urushdan qochib, qashshoqlikka giriftor bo‘lish: qochqinlarning Afg‘onistondagi ahvoli" deb nomlangan hisobotda aytilishicha, Kobul yaqinida mavjud 30 dan ortiq xaroba manzillarda 35 000 ga yaqin qochqinlar kun kechirishmoqda.

Huquq himoyachilarining ta‘kidlashicha, bu xarobalarni maskan qilganlar mamlakatning ilgari xavfsiz sanalgan joylarida mojarolarning keskinlashgani ortidan uylarini tashlab chiqqanlar.

Amnesti Interneshenelning hisobotida 2007 yildan buyon Afg‘onistonda tinch fuqarolar orasida o‘lim darajasining oshib borayotganligi aytilgan.

Shuningdek,tashkilot Xalqaro jinoyat mahkamasidan ikki qarama-qarshi tomon sodir etgan harbiy jinoyatlarni tekshirishni so‘ragan.

Huquq himoyachilari xalqaro donorlarni, mamlakat byudjetining qariiyb 90 foizini tashkil qiladigan xalqaro yordamlar qochqinlarga yetib borish choralarini ko‘rishga chaqirganlar.