Taniqli o‘zbek aktrisasi Tamara Shokirova olamdan o‘tgan

Image caption Tamara Shokirova o‘zining o‘nlab obrazlari bilan xalqning mehrini qozongan edi

Taniqli aktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Shokirova og‘ir saraton kasalligi tufayli 56 yoshida olamdan o‘tgan.

Tamara Shokirova 1955 yil 26 noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Tamara Shokirova mashhur o‘zbek kinorejissyori Nabi G‘aniyevning kelini edi.

Turmush o‘rtog‘i Nabi G‘aniyevning nevarasi Otabek G‘aniyev baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgan.

Ikki qizi bor. Katta qizi estrada qo‘shiqchisi Rayhon G‘aniyeva.

Tamara Shokirova 50 ga yaqin kinofilmda rollar ijro etgan.

Dastlabki rolini 16 yoshida "Beruniy" filmida o‘ynagan.

Tamara Shokirova nafaqat o‘zbek filmlarida Ozarbayjon, Rossiya,Yaponiya,Hindiston mamlakatlari bilan hamkorlikda olingan filmlarda suratga tushgan.

"Leningradliklar-jigarbandlarim mening"dagi Xadicha va "Bo‘ysunmas"dagi Jumagul rollari uchun Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

"O‘zbekfilm"da suratga olingan "Mehrobdan chayon"dagi Ra‘no,"Olovli yo‘llar"dagi Yulduzxon, "Semurg‘"dagi Zubayda,"Leningradliklar jigarbandlarim mening"dagi Xadicha kabi o‘nlab rollari bilan shuhrat qozongan.