Britaniyalik jurnalist Homsdan olib chiqilgan

Image copyright r
Image caption Jurnalistni Suriya muxolif kuchlari yordamida Homsdan olib chiqilgan

Britaniya diplomatlarining BBCga aytishicha, Sunday Times ro‘znomasi fotografi Paul Konroy Suriyaning Homs shahridan Livanga o‘tqazilgan.

Hukumat kuchlariga qarshi kurashayotgan Suriya muxolifati va Suriyani ozod qilish armiyasi yordamida Paul Konroyni Homs shahridan olib chiqishga muvaffaq bo‘lingan.

Frantsiyaning Figaro ro‘znomasining muxbiri Edit Buve Homsning qayerida ekanligi noma‘lum.

Oldinroq, Suriyaning Homs shahridan yaralangan ikki jurnalistni olib chiqish muvaffaqiyatsiz tugadi, - deb xabar bergan edi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi.

Qizil Yarim Oy jamiyatining mashinalari Baba Amrga kirgani, lekin jurnalistlarsiz qaytishgani xabar qilingan edi.

Taxminlarga ko‘ra, oyog‘idan og‘ir yaralangan frantsuz jurnalisti Edit Buvьe evakuatsiya qilinishdan voz kechgan.

Dushanba kuni Suriya hukumat kuchlari boshqa shaharlarga ham hujumlar uyushtirgani va o‘nlab odamlar qurbon bo‘lgani aytilgan.

Halok bo‘lgan jurnalistlarning jasadini ham olib chiqish imkoni bo‘lmagan. Faqat uch suriyalik xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Guvohlarga ko‘ra, Suriya bo‘yicha 125 kishining o‘ldirilgani aytilgan.

Ularning ko‘pchiligi Homsdagi nazorat punktida ro‘y bergan hodisa paytida halok bo‘lishgan.

Kuzatuvchilarning aytishicha, Idlib viloyatida 15 kishi, Aleppo mavze‘sida o‘nlab kishilar qurbon bo‘lgani haqida xabarlar olingan.

Idlibning ilgari xavfsizroq bo‘lgan shaharlariga ham hukumat kuchlari hujumlar uyushtirgan.

Suriyaning shimolidan xabar bergan BBC muxbiri Ien Pennel, dushanba kuni hukumat kuchlari Binnishu va bosh bir necha shaharlarni artilleriya va minometlardan o‘qqa tutganlar.

O‘tgan hafta davomida Binnishu isyonchilar nazoratida bo‘lgani xabar qilingan edi.

Sarmin, Maarat Nayman va Kusayra shaharlariga ham hujumlar qilingan.

Dushanba kuni Ovro‘po Ittifoqi Suriyaga nisbatan yangi jazo choralarini e‘lon qilgan.

Jumladan, Suriya markaziy bankining Ovro‘po banklaridagi hissalari muzlatilgan.

Bashar Assad hukumatidagi yetti kishiga Ovro‘po Ittifoqi mamlakatlariga chiqish taqiqlangan.

Oltin va boshqa qimmatbaho metallar bilan savdo qilish qisqartirilgan.

Ovro‘po Ittifoqi mamlakatlariga Suriyaning yuk tashish uchoqlarining parvozi taqiqlangan.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg yangi jazo choralarini quvvatlagan.

"Biz bundan keyin ham Ovro‘po Ittifoqidagi hamkorlarimiz bilan Arab Ligasi davlatlarining Suriyadagi zo‘ravonliklarni to‘xtatishga qaratilgan rejalarini amalga oshirishida qo‘llab-quvvatlaymiz", - degan janob Xeyg.

Qatar Bosh vaziri Shayx Homid bin Jasim al-Tani "Xalqaro hamjamiyat Suriya muxolif kuchlariga yordam berishi, jumladan ular o‘zlarini himoya qila olishlari uchun kerak bo‘lgan hamma narsani qilishi lozim", - deb aytgan.

Ayni paytda hukumat televideniyesi yangi konstitutsiya bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning natijalarini e‘lon qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, yangi konstitutsiyaning loyihasini ma‘qullab qariiyb 89 foiz kishi ovoz bergan.