BBC muxbiri Natalya Antelava O‘zbekistonga kiritilmagan

Image caption Natalya Antelava bir necha yil davomida BBC Jahon xizmatining Markaziy Osiyo bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlagan.

Uchoqda Toshkentga uchib borgan BBC muxbiri Natalya Antelavani aeroportdan chiqarishmagan.

Natalya Antelava o‘zini deportatsiya qilishlarini Toshkent aeroportida kutayotgani haqida Twitterdagi sahifasida xabar bergan, ko‘p o‘tmay ko‘plab Twitter foydalanuvchilari BBC muxbiri O‘zbekistonda duch kelgan mushkullikdan voqif bo‘lganlar.

"Toshkent aeroportida deportatsiya qilishlarini kutayapman. Ular negaligini aytishmayapti, faqat "biz sizni mamlakatga qo‘ya olmaymiz", deyishdi", deb yozadi Twitterda Natalya Antelava.

Natalya Antelava bir necha yil davomida BBC Jahon xizmatining Markaziy Osiyo bo‘yicha muxbiri sifatida faoliyat yuritgan.

U 2005 yil may oyidagi Andijon voqealarini Toshkentdan turib yoritgan.

"Toshkent aeroportidagi "Ona va bola" xonasidagi yumshoq kresloda deportatsiyamni kutayapman", deya Twitterda ma‘lum qilgan BBC muxbiri.