Femen harakati faollari Putin ovoz bergan joyda yechindilar

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ukrainadagi Femen harakati faollari prezidentlik saylovi kuni Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin ovoz bergan saylov uchastkasida norozilik aktsiyasi uyushtirganlar.

Uch nafar faol beligacha yechinganlar, Rossiya hukumatiga qarshi shiorlarni aytib baqirganlar.

Ular ovoz berish qutilariga yetib borishga harakat qilgan paytlarida politsiya xodimlari tomonidan ushlangan.

Femen harakati faollari hibsga olingan.

Ularni jamoat tartibini buzishda ayblab, 15 kecha-kunduzga qamashlari mumkin.