Rossiya prezidentligiga nomzodlar qanday ovoz berishdi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

4 mart kuni Rossiyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.

Bu saylovda Rossiyani 2000 yildan 2008 yilgacha boshqargan Bosh vazir Vladimir Putin uchinchi muddatga prezidentlikka o‘z nomzodini ilgari surgan.

Vladimir Putinga muqobil sifatida 4 nomzod ro‘yxatga olingan.

Ulardan ikki nafari - Rossiya kommunistlari va liberal-demokratlari rahbarlari Gennadiy Zyuganov va Vladimir Jirinovskiy bundan oldingi prezidentlik saylovlarida ham nomzodlarini ilgari surganlar.

Shuningdek, bu galgi saylovda Rossiya parlamenti yuqori palatasining sobiq rahbari, "Spravedlivaya Rossiya" partiyasidan Sergey Mironov va mustaqil nomzod sifatida milliarder korchalon Mixail Proxorov ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Saylov kuni Mixail Proxorov Krasnoyarsk o‘lkasida, qolgan nomzodlar esa Moskva shahridagi saylov uchastkalarida ovoz berganlar.