Afg‘onistondagi qor ko‘chkisi oqibatida 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Image copyright BBC World Service

Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatida qor ko‘chkisi natijasida bir qishlok butunlay qor ostida qolgan.

Ko‘chki oqibatida kamida 50 insonning halok bo‘lgani va yana yuzlab odamlarning qor ostida qolgani xabar qilinadi.

Badaxshon mintaqasi uzoq, tog‘li mintaqa bo‘lib, qish oylarida yo‘llar ko‘pda yopilib qoladi va viloyatining ko‘plab tuman va qishloqlari qish faslida tashqi dunyodan uzilib qoladi.

Mintaqaga insonparvarlik yordamini faqatgina tikucharlar yordamida yetkazish imkoni bor xolos.

Bu yil mintaqada havoning o‘ta yomon kelishi qutqaruv amaliyotlarini qiyinlashtirgan.

BBCning mintaqaga yaqin yerda bo‘lgan muxbiriga ko‘ra, Badaxshonda oxirgi ikki kun ichida qor ko‘chkilari yuz bermoqda.

Rasmiylarning aytishlaricha, qor ostida ikki yuzga yaqin kishi qolib ketgan.

Hozirda qor ko‘chkisidan aziyat chekkanlarga yordam, jumladan chodir va issiq kiyimlar Badaxshon bilan chegaradosh Tojikiston tomonidan ham yetkazilmoqda.

Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining ikki tikuchari ham yordam yetkazish ishlari bilan mashg‘ul.

Umuman Badaxshon viloyatida bu yil qishning qattiq kelgani sababli shu vaqtgacha ham 100ga yaqin kishi olamdan ko‘z yumgan.

Aholining uy-joy va mol-holiga zarar yetgan.