Sobiq mulozim: "O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish imkonsiz"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image caption Korruptsiya, ayniqsa huquq-tartibot idoralarida keng tarqalgan, deb ishoniladi

"Ezgulik" inson huquqlari jamiyati O‘zbekiston Bosh prokuraturasini sobiq yuqori martabali mulozimning korruptsiya borasidagi iddaolarini tekshirishga chaqirgan.

Guruh tarqatgan xabarda aytilishicha, Toshkent shahar prokuraturasi qoshidagi Soliq, valyuta va noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Botir Xusainov davlatga tegishli millionlab dollar mablag‘larning o‘zlashtirilishini fosh etishi ortidan hibsga olinib, qamoqqa tashlangan.

Hozirda ozodlikka chiqqan sobiq mulozim o‘ziga qarshi tahdidlar bo‘layotganini aytgan.

Unga ko‘ra, davlat mablag‘larini o‘zlashtirgan shirkat O‘zbekistonning sobiq ichki ishlar vaziri va yana ikki nomdor shaxsning o‘g‘illariga tegishli bo‘lgani bois jinoiy ish bosdi-bosdi qilingan.

BBC bilan suhbatda Botir Husainov O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishning qanchalik mashaqqatli ekani haqida gapirdi.