Coca-Cola va Pepsi ichimligi tarkibi o‘zgaradi

Image caption Bu ichimliklar tarkibidagi 4-metilimidazol moddasi sichqon va kalamushlarda saraton kasalligini keltirib chiqargani aniqlangan

Dunyodagi yirik gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchi Coca-Cola va Pepsi kompaniyalari idishida saraton kasalliklarini keltirib chiqarish xavfi haqidagi ma‘lumotni bermaslik uchun mahsulotlari tarkibini o‘zgartiradi.

Bu o‘zgarishga Kaliforniya shtati yaqinda e‘lon qilgan kantserogen vositalar ro‘yxatida 4-metilimidazolning borligi, bu karamel qizartiruvchi moddaning coca-cola va pepsi-cola tarkibida mavjudligi sabab bo‘lgan.

Biroq Coca-Cola va PersiConing da‘vo qilishicha, yangi retsept Amerikaning barcha hududlarida ishlatiladi va u ichimlikning sifatini oshirishga xizmat qiladi.

"Bu o‘zgarish odamlarning sog‘lig‘iga tug‘diradigan xavfga hech qanday bog‘liq emas, deb hisoblaymiz. Biz bu qarorga kelishni karamel yetqazuvchilardan so‘radik, bizning mahsulotlarimiz ilmiy isbotlanmagan talablar ro‘yxatida paydo bo‘lmasligi uchun shunday qarorga keldik", - deb aytgan Coca-Cola kompaniyasining vakili Diana Gartsa-Charlante Assoshieyted press agentligiga.

Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra 4-metilimidazolning sichqon va kalamushlarda saraton kasalligini keltirib chiqargani aniqlangan.

Lekin bu moddaning inson organizmiga tug‘diradigan xavfi haqida hech qanday dalil yo‘q, deb hisoblaydi Amerika ichimliklar ishlab chiqarish Birlashmasi.

Oziq -ovqatlar va dori-darmonlar sifatini nazorat qiluvchi Amerika Boshqarmasining ta‘kidlashicha, tadqiqot davomida sichqon va kalamushlarga berilgan 4-metilimidazolning darajasini olish uchun odam bir kunda mingdan ortiq idishda coca-cola va pepsi ichimligini iste‘mol qilishi kerak bo‘ladi.

Coca-Cola va PepsiCo kompaniyalari zimmasiga dunyoda gazli ichimliklar ishlab chiqarishning 90 foizi to‘g‘ri keladi.