Quyoshdagi chaqnashlar sayyoramizga xavf soladimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

7 mart kuni boshlangan kuchli geomagnit bo‘ron hozirga qadar Yerning infratuzilmasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmagan.

Mutaxassislar Quyoshdagi chaqnashlar natijasi bo‘lgan ko‘rinishning sayyoramizdagi turli elektron tizimlar va eyenergetika tarmoqlarida uzilishlarga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirishgandi.

Olimlarga ko‘ra, Quyoshdagi ikki yirik chaqnashdan so‘ng boshlangan hozirgi magnit bo‘roni oxirgi 5 yilda eng kuchlisi bo‘lgan.

Quyoshdagi chaqnashdan hosil bo‘lgan zarrachalar juma kuni ham yerni "bombardimon" qilishda davom etadi, ularning tezligi sekundiga 1.3 ming kilometrni tashkil etadi.

Ammo Yerning magnit qatlami ularni sayyoramizga kiritmaydi.

Tabiatdagi ushbu ko‘rinishni BBCga Toshkentdagi Astronomiya instituti direktori Shuhrat Egamberdiyev sharhlab berdi.