Britaniyada ko‘pxotinlikka rozi bo‘lgan muslimalar soni ortib bormoqda

Image copyright elvis
Image caption Britaniyada so‘nggi yillarda ko‘pxotinlikka qarshi bo‘lmagan musulmon ayollar soni ortib bormoqda

Boy va o‘z ishida muvaffaqiyatga erishgan muslima ayol turmush qurish maqsadida musulmon erkak qidirmoqda va ikkinchi xotin bo‘lishga ham rozi.

Bu kabi e‘lonlarning internetda chiqishi ehtimoldan uzoq ko‘rinishi mumkin.

Biroq, Britaniyada o‘z turmush o‘rtog‘ini topish uchun ikkinchi vayo uchinchi xotin bo‘lishga rozi bo‘lgan ayollar soni ortib borayotgan ekan.

Britaniyadagi musulmonlarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi "Islomiy Shar‘at Kengashi" hozirda ayollar tomonidan ko‘pxotinlik masalasida misli ko‘rilmagan miqyosda murojaatlar bo‘layotganini bildirgan.

BBC Britaniyadagi musulmon erkak va ayollarning tanishuv sayti - muslim-marriage-events.com saytini yuritadigan Mizan Raja bilan suhbatlashdi.

Mizan Raja: Oxirgi o‘n yil ichida menga "o‘z tengimni topa olmayapman, menga turmush qurish uchun musulmon erkak topishga yordam bering, mayli, ikkinchi vayo uchinchi xotin bo‘lishga ham qarshi emasman," - deb murojaat qilgan beva yoda yoshi 30-40 larda bo‘lgan ayollar ko‘p bo‘ldi. Men ularga "ko‘p xotinlik taqiqlangan, shuni bilasanmi?" - desam, ular: "bu muammo emas, mayli ikkinchi xotin bo‘lishga ham rozimiz", deb javob qaytarishadi. Ular menga: "Men oliy ma‘lumotga egaman, 20 yillik ish tajribasiga egaman, erimdan ajrashganman, ikki-uchta farzandim bor. Endi nima qilishim kerak? Axir menga ham er kerak," - deyishadi. Biz zamonaviy dunyoda yashaymiz. "Bir jinsda yashagan odamlar turmush qurishga haqli ekan, nega endi biz ikkinchi yoki uchinchi xotin bo‘la olmas ekanmiz," - deyishadi ular.

BBC: Borgan sari ko‘proq ayollarning ko‘pxotinlikka rozi bo‘layotgani sizni taajubga soldimi?

Mizan Raja: Musulmonlar dunyosining tez sur‘atlarda rivojlanayotganini tushunish kerak. Hozirda bizning ayollarimiz ajdodlariga nisbatan ancha o‘qimishli, o‘ziga to‘q va ko‘proq diniy bilimlarga egalar. O‘ta dindor ayollarning ko‘pxotinlikka rozi ekanliklari aniq. Ammo, meni hayratlantirgani unchalik dindor emasa-da, poligamiyaga rozi bo‘lgan ayollarning tobora ko‘payib borayotgani bo‘ldi. Men ularning bu qarashlariga baho bermoqchi emasman, ammo, aniqlaganim shu bo‘ldiki, bu ayollarni ko‘p xotinlikka qarshi emasliklari ularning moddiy ahvoliga bog‘liq emas ekan. Ularning ba‘zilari juda-juda boy. Gap bu yerda shifokorlar, huquqshunoslar va o‘xshash kasb egalari haqida borayapti. Men ularga qarab turib, men ham uylansam bo‘lar ekan, degan o‘ygan boraman ba‘zan.

BBC: Ba‘zilar ko‘pxotinlik - ayollar ustidan erkaklar nazoratining kuchayishi, deyishadi. Ammo, bu holatda, aftidan gap o‘z turmush o‘rtog‘ini topish istagi haqida borayapti, shunday emasmi?

Mizan Raja: Menimcha, musulmonlar jamiyatning boshqa qismlaridan farq qilmasligini odamlar tushunib yetishlari kerak. Musulmonlar hayotiga zamonaviylik, jinsiy inqiloblar va ayollar huquqini talab qiluvchi feminist harakatlar ta‘sir ko‘rsatmay qolmadi. Bundan muhim bir xulosa chiqarish mumkin - butun dunyoda, ayniqsa g‘arbda ayollar o‘z zaifaligini yo‘qotdi. Ular yana ayol bo‘lishni istashmoqda. Ular yana sevilishni va e‘tiborda bo‘lishni istashmoqda.

BBC: Lekin, siz uyga ikkinchi xotinni olib kelsangiz, birinchi xotiningiz bundan xursand bo‘lmasa kerak?

Mizan Raja: Yo‘q albatta. Ayollar tabiatan rashkchi bo‘lishadi. Rashk - inson tabiatida bor. Erkaklarni bilmadimu, lekin ayollar... Meni xotinim erini bo‘lishishga rozi bo‘lmasligi aniq. Bir chiroyli ayol kelib, seni ikkinchi xoting bo‘laman desa, meni xotinim "padaringa ming l.... " - deyishi turgan gap. Xullas, bu holatni to‘liq tushunsa bo‘ladi.

BBC: Ayolingiz sizga yana bir xotin olishni taklif qilganmi?

Mizan Raja: Yo‘q. Meni xotinim o‘ldirib qo‘yadi. Xotinimni bir yoqqa qo‘ya turing, men qizim va onamdan juda ham qo‘rqaman.