Nega G‘arb harbiylari Markaziy Osiyoga serqatnov bo‘lib qoldilar?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright Reuters

13 mart kuni Toshkentda O‘zbekiston Mudofaa vaziri Qobil Berdiyev bilan uchrashuvlaridan keyin Olmoniya Mudofaa vaziri Tomas de Mayzer Pokistonga yo‘l olgan.

Afg‘onistonga qo‘shin yuborgan Olmoniya Termizda harbiy bazasiga ega.

O‘zbekiston va Olmoniya rasmiylari uchrashuvining bosh mavzusi Afg‘onistonga taalluqli bo‘lgani xabar qilingan.

Shu kuni AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta Bishkekka borgan.

AQSh mudofaa vazirining ham Qirg‘iziston rasmiylari bilan muloqoti mavzusi haqida xabar qilinmagan, biroq janob Panetta "Manas" aeroportidagi bazani nazarda tutib, ushbu tranzit markazidan foydalanishdagi ko‘magi uchun Qirg‘iziston rahbariyatiga o‘z tashakkurini bildirmoqchi ekani haqida aytgan.

Toshkentga so‘nggi uch hafta mobaynida NATOga a‘zo uch mamlakat mudofaa vaziri birin-ketin safar qilgan.

Fevral oxirida Latviya Mudofaa vaziri Artis Pabriks va Transport vaziri Ayvis Ronis O‘zbek mulozimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mart oyi boshida Prezident Islom Karimov Toshkentga borgan Britaniya Mudofaa vaziri Filip Xammond bilan ko‘rishdi.

Mudofaa vazirining ushbu uchrashuvi Britaniyada tanqidlarga ham sabab bo‘ldi, Britan siyosatchilarini inson haqlarini inkor etib, "dunyoning eng shafqatsiz diktatorlaridan biri" bilan uchrashganlikda ayblashdi.

Image copyright Scott Olson Getty Images

Ushbu tashriflar Afg‘onistonga qo‘shin kiritgan xalqaro koalitsiya kuchlari mamlakatdan chiqib ketish taraddudini ko‘rayotgan paytda yuz bermoqda.

2014 yil Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqish yili deb e‘lon qilingan, Toshkentdagi bosh muzokaralar mavzusi bu qo‘shinlarni olib chiqishda O‘zbekiston hududidan foydalanish bo‘lgani xabar qilingan.

"So‘nggi tashriflar Afg‘onistondagi vaziyat juda murakkabligicha qolayotgani bilan ham bog‘liq", deydi o‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov.

"G‘arb Afg‘onistonga kirganida o‘z oldiga uch maqsadni qo‘ygan edi. Bu - "Al-Qoida"ni, Tolibonni yo‘q qilish, demokratik hukumat barpo etish edi. Oradan 10 yil o‘tib bu vazifalar bajarilmadi. G‘arb Afg‘onistondan zudlik bilan chiqib ketishni, biroq bu mamlakatdan "yorug‘ yuz bilan chiqib ketish"ni istaydi. Ammo men o‘ylaymanki, G‘arb mamlakatlari ham, Afg‘onistonning qo‘shnisi bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari ham ko‘pgina muammolarga duch keladilar", deydi siyosiy tahlilchi.

Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatni tinglang.