Shveytsariyada avtobus halokati kamida 28 kishining yostig‘ini quritgan

Image copyright AP
Image caption Qurbonlarning kamida 22 nafari bolalardir

22 nafar bolalar doxil kamida 28 kishi Shveytsariya tunelida avtobus halokatida qurbon bo‘lgan.

Yana 24 bola Italiya yaqinida joylashgan Siyer yaqinida ro‘y bergan halokatda yaralangan.

Avtobusda jami 52 kishi Belgiyaning Lommel va Heverli shaharlaridan chang‘i uchish ta‘tilidan qaytayotgan bo‘lgan.

Belgiya bosh vaziri Elio Di Rupo "butun Belgiya uchun fojeali kun bo‘ldi", deb aytgan.

Avtobus Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan kech soat to‘qqiz atrofida halokatga uchragan.

Belgiya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, bolalarning aksariyati o‘n ikki yosh atrofida bo‘lishib, avtobus nasroniy guruh tomonidan ijaraga olingan.

Belgiya Transport vazirligi avtobus egasi bo‘lgan shirkat "oliymaqom obro‘ga" ega ekanini aytgan.

Ikkala haydovchi ham halokat oqibatida qurbon bo‘lgan.

Halokat sodir bo‘lgan tunnelda tezlik cheklovi soatiga 100 kilometr bo‘lib, avtobus favqulodda chiqish yo‘lidagi devorga kelib urilgan.

Hozir ayni halokat tafsilotlari o‘rganilmoqda.