O‘zbekiston 2 –3 Birlashgan Arab Amirliklari

Image copyright uff.com
Image caption O‘zbekistonlik futbol mutaxassislari ertangi uchrashuvda Olimpiya terma jamoalarining g‘alaba qozonishi borasida nekbin...

Toshkentning "Jar" stadionida bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi uchrashuvda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga yutqazib qo‘ydi.

So‘nggi g‘alabasi ortidan, 2012 yilgi London Yozgi Olimpiada O‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma amirlik yoshlariga nasib etdi.

Har ikki Olimpiya terma jamoasi uchun ham hal qiluvchi uchrashuvning 34-daqiqasida Oleg Zoteyev tomonidan urilgan to‘p o‘zbekistonlik futbolchilarni oldinga olib chiqqandi.

Uchrashuvning 2-qismi dastlabki daqiqalarida Fozil Musayev kiritgan ikkinchi to‘p O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining g‘alabasini yanada mustahkamladi.

Ammo oradan qisqa vaqt o‘tmay, Ahmad Xalilning bir o‘zi o‘yinda hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Xabush Solih tomonidan kiritilgan to‘p Birlashgan Arab Amirliklarining g‘alabasini yanada mustahkamladi.

Bu - uchinchi bosqich saralash bellashuvlarining hal qiluvchi so‘nggi uchrashuvi edi.

Xo‘sh, o‘zbekistonlik futbolchilarga nima pand berdi?

Suhbatdoshim o‘zbekistonlik faxriy futbol sharhlovchisi Axbor Imomxo‘jayev:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Endi nima bo‘ladi?

So‘nggi mag‘lubiyati ortidan, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinda qolgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi endi Olimpiya O‘yinlariga yo‘llanma olish uchun pley-off uchrashuvlarida ishtirok etishi lozim bo‘ladi.

Ya‘ni joriy bosqichda O‘yinlarga Osiyo qit‘asidan bor-yo‘g‘i to‘rtta yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun 12 ta terma jamoa kurash olib borishmoqda.

Uchinchi tur saralash bosqich uchrashuvlari yakuniy natijalariga muvofiq, London Olimpiadasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirituvchi to‘rtta terma jamoaning taqdiri aniq bo‘ladi.

Buning uchun o‘sha terma jamoalarning o‘z guruhlarida faqat birinchi o‘rinni egallashlari taqozo etiladi.

O‘z guruhida ikkinchi o‘rinni olgan uch jamoa esa, yana pley-off bellashuvlarida ishtirok etishi lozim bo‘ladi.

Vetnamda bo‘lib o‘tajak o‘yinlar g‘olibi Senegalga qarshi maydonga tushadi.

To‘rtinchi yo‘llanma taqdiri xuddi ana shu uchrashuvda hal bo‘ladi.