Prezident Karimov fuqarolarning arzu-dodiga quloq soladimi?

Image caption Prezident Karimov, 2011 yilda Oqsaroyga oddiy o‘zbekistonliklarning shikoyatlari soni 11 foiz ortgan, degan.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov mahalliy mulozimlarni aholining ehtimoliy noroziliklaridan ogohlantirgan.

16 mart kuni Toshkent shahar kengashi deputatlari qarshisida gapirgan janob Karimovga ko‘ra, o‘tgan yili poytaxt aholisidan O‘zbekiston prezidenti devoniga kelib tushgan shikoyat va arizalar soni 11 foiz ko‘paygan.

Prezident shahar rasmiylarini fuqarolarning muammolarini hal etmayotganlari uchun tanqid qilgan.

Janob Karimov har bir shikoyat ortida amaldorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan adolatsizlik turganini ta‘kidlagan.

Ayni paytda u shikoyat va arizalar o‘z vaqtida ko‘rib chiqilayotganini aytgan.

Ammo inson huquqlarini himoya qilish "Ezgulik" jamiyati raisi Vasila Inoyatovaning aytishicha, odamlarning arzu dodiga nafaqat shahar hokimiyati, balki janob Karimovning o‘z idorasi - prezident devoni ham quloq solayotgani yo‘q.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi