Ozarbayjonlik jurnalist rasmiylarning korruptsiyaga botganlari yuzasidan olib borgan tadqiqotlari tufayli tazyiqqa uchramoqda

Image copyright Facebook
Image caption Xadicha Ismoilova Ozarbayjon hukumatidagi korruptsiya haqida yozgani va hukumatni tanqid qilgani uchun ta‘qibga tutilayotganini aytmoqda.

Bokulik jurnalist Xadicha Ismoilova Ozarbayjon hukumatidagi korruptsiya haqida yozgani va hukumatni tanqid qilgani uchun ta‘qibga tutilayotgani haqida aytgan.

O‘tgan hafta Xadicha Ismoilova uyida jimo qilayotgan holatda olingan videolavha internetda tarqatib yuborilgandi.

Ammo jurnalist bu holatga qaramasdan, o‘z jurnalistik tekshiruvlarini to‘xtatmasligini aytmoqda.

Bi-bi-si muxbiri Damiyen Grammatikasga ko‘ra, bu holat - Ozarbayjon hukumatini tanqid qiladigan jurnalist qanday bosim ostida ekanligini namoyon etadi.

Aytilishicha yashirin kameralar Xadicha Ismoilovaning o‘rnatilgan. Uning ishqiy munosabatlari videoga tushirilgan.

Kim bu kamerani o‘rnatgani hozir aniq emas. Ammo Ismoilova xonimga ko‘ra, u bir xat olgan va bu xatda hukumatning korruptsiyaga aralashganiga doir jurnalistik tadqiqotlarini to‘xtatishi talab qilingan. Aks holda uni sharmanda qilishlari haqida do‘q po‘pisa qilingan.

U bu talabni rad etgan va keyin ana shu video tasvirlar internetga qo‘yilgan.

Ozarbayjon anchayin an‘anador bir mamlakat. Bu videotasvirlar Ismoilova xonimning obro‘siga ta‘sir qilishi tabiiy va ehtimolki unga zo‘ravonlik xavfi ham ortar...

Xalqaro Amnistiyaga ko‘ra, ayni masalada barcha faktlar hukumat mulozimlari bu ishga aralashganiga ishora qiladi.

Ismoilova xonim Prezident Ilhom Aliyev oilasining Ovroosiyo Qo‘shiqlar Konkursi uchun maxsus binolar loyihasiga aloqadorligi yuzasidan jurnalistik tadqiqot olib borgan.

Hukumat ayni videotasvirlarning internetda paydo bo‘lishiga aloqasini rad etdi va bu borada tekshiruvlarni boshladi.

Ammo Ozarbayjon jurnalistlar uchun xatarnok bir o‘lka bo‘lib qolmoqda. Chegara bilmas muxbirlarga ko‘ra, hukumatning tanqidchilari yo tahdid ostidalar va yo qamoqqa tashlanadilar.

Tashkilotga ko‘ra, Ismoilova bilan bog‘liq voqea jurnalistlarning tanobini tortib qo‘yishga qaratilgan yana bir urinishdir.