Tuluzdagi qotilliklar tushirilgan video politsiya qo‘liga topshirildi

Image copyright AFP
Image caption Yetti kishini otib o‘ldirganligi aytilgan Muhammad Merahning uyini politsiya 32 soat qamalga olgandi.

Fransa janubi-g‘arbida yetti kishini otib o‘ldirgan Muhammad Merah tomonidan olingan videotasma "Al-Jazira" telekanaliga yuborilgan.

Aytilishicha, unda qotilliklar mobaynida olingan tasvirlar Quro‘oni Karimday tilovatlar bilan birgalikda montaj qilingan.

"Al-Jazira" ning Parijdagi offisiga kelib tushgan videotasma 21 mart kuni jo‘natilgan. Huddi shu kuni politsiya Muhammad Merahning uyini o‘rab olgandi.

Tekshiruvchilar hozirda ushbu videotasma seshanba kun tunda Merahning o‘zi tomonidanmi yoda chorshanba kuni uning sherigi tomonidan yuborilganligini aniqlash harakatidalar.

Kelib chiqishi Jazoirdan bo‘lgan 23 yoshli Muhammad Merahning o‘zi ham bir necha kun uyidagi qamalda o‘tirganidan so‘ng otishma mobaynida o‘ldirilgan.

Qamal mobaynida politsiya bilan muzokaralar vaqtida u Tuluz shahrida uch askar, uch yosh bola va bir o‘qituvchini otib o‘ldirganligi va bu hodisalarni filmga tushirgnaligini aytgandi.

Merahning otasi o‘g‘lini Jazoirda dafn qilish tadorigida ekanligini bildirgan.

U shuningdek, Fransa rasmiylarini mahkamaga tortmoqchi ekanligi, chunki o‘g‘lini tiriklayin qo‘lga olishlari mumkin bo‘lganligini aytgan.

Muhammad Merahning 29 yoshli akasi Abdulqodir qotillik va o‘g‘rilikka sheriklik, shuningdek terrorizmga aloqadorlik ayblari bilan hibsga olingan.

Abdulqodir bu ayblovlarni rad etgan, lekin ukasi mtotsiklni o‘g‘irlayotgan vaqti o‘sha yerda bo‘lganligini tan olgan.

Muhammad Merah o‘limidan avval politsiyaga "Al-Qoida" a‘zosi ekanligini da‘vo qilgan va 20 ming yevroga qurol sotib olganligini ham aytgan.