Xitoy musulmon uyg‘urlarni terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

Image copyright AP

Harakat AQSh va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan, "terrorchi guruh" sifatida ko‘riladi.

Ularning hozir qayerda ekanliklari noma‘lum.

Oltovlon asosan musulmon uyg‘urlari istiqomat qiluvchi Shinjon muxtor bo‘lgasida hujumlar uyushtirishda ayblanishmoqda.

Mas‘ullarga ko‘ra, ular yana Janubiy Osiyo davlatlarining birida jangarilarni yollab, ularni tayyorgarlikdan ham o‘tkazishgan.

Xudkushlik hujumlari doxil qator zo‘ravonliklarni moliyalashgan va ularga gijgijlashgan.

Xitoy Shinjonda amalga oshirilgan hujumlarda Pokistonda tayyorgarlikdan o‘tgan musulmon jangarilarini ayblagandi.

Ammo rasmiy Pekin qo‘shnisini oshkora tanqid qilishdan tiyilgandi.

Xitoy Jamoat Xavfsizligi vazirligiga ko‘ra, ro‘yxatga tushgan shaxslar "ekstremist guruh"ning eng ko‘zga ko‘ringan a‘zolari bo‘lishgan.

Bu - Xitoy 2003 yildan beri uchinchi bor e‘lon qilayotgan "terrorchilar ro‘yxati".

Choralar

Rasmiy bayonotdan ayon bo‘lishicha, oltovlonning hisoblari muzlatilgan.

Mas‘ullarga ko‘ra, ular muayyan muddat G‘arbiy yoki Markaziy Osiyo davlatlarida ham bo‘lishgan.

Vazirlik ularni hibsga olishda xorijiy hukumatlarning yordamlariga umid qilayotganini ham aytgan.

Muhojiratdagi uyg‘ur guruhlari va inson huquqlari faollariga ko‘ra, Xitoy Shinjondagi jangarilar xavfini bo‘rttirib ko‘rsatadi.

Musulmon uyg‘urlari Shinjon aholisining 45 foizchasini tashkil etishadi.

Ayrimlarga ko‘ra, xanlarning mintaqaga ko‘chirilishi va hukumatning qattiqqo‘l siyosati uyg‘urlarning madaniyati va an‘analariga kuchli ta‘sir qilayotir.

Mintaqa markazi Urumchida 2009 yilda yuz bergan etnik zo‘ravonliklar ortidan Shinjonning ayrim hududlarida hanuz kuchli xavfsizlik choralari amal qiladi.

Nizolar chog‘ida ikki yuzga yaqin kishining qurbon bo‘lishgani aytilgandi.

Hanuz mintaqada onda-sondalik zo‘ravonliklar davom etib turadi.