Pokistonda 100 dan ortiq harbiy qor ostida qolgan

Image copyright BBC World Service
Image caption Qor ko‘chkisi Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinida yuz bergan

Kamida 100 nafar pokistonlik harbiylarning Himolay tog‘idan tushgan qor ko‘chkisi tagida qolgani xabar qilingan.

Qor ko‘chkisi Kashmir viloyatining shimolidagi Qoraqurum tog‘lariga kelib tushgan.

Pokiston armiyasi vakili general-mayor Otar Abbosning Bi-bi-siga aytishicha, qor ko‘chkisi ostida qolgan batalьonni qutqarish ishlari boshlangan.

Ba‘zi xabarlarga qaraganda, ko‘chki ostida 130 ta askar qolgan bo‘lishi mumkin.

Qutqaruv ishlariga harbiylar, tikucharlar va qidiruvchi itlar jalb etilgan.

Kashmirning tog‘li tumanlari uzoq vaqtdan buyon Hindiston va Pokiston davlatlari o‘rtasida qattiq bahslarga sabab bo‘lib keladi.

Bu yerlarda ikkala davlatning ham minglab harbiy xizmatchilari joylashtirilgan.

Hudud 1947 yil ikki davlat o‘rtasida bo‘lingan.

O‘shandan buyon Hindiston va Pokistonning hududdagi mavqei borasida kelishmovchilik bir necha marta harbiy to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan.