Tanishing: 101 yoshli marafonchi otaxon

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Yakshanba kuni o‘tkazilajak London marfonining eng keksa ishtirokchisi bu galgisi uning uchun oxirgisi bo‘lishini ma‘lum qildi.

101 yoshli Fuaja Singh Hindistonda tug‘ilgan va 1960 yillarda Britaniyaga ko‘chib kelgan.

Marafon poygasi bilan 89 yoshida shug‘ullana boshlagan.

Yaqinda Toronto marafonini otaxon 8 soat, 25 daqiqa va 18 sekundda bosib o‘tdi.

London marafonida marraga tezroq yetib kelishni mo‘ljallamoqda.

Marafon poygasi uzunligi 42 kilometr 195 metrdir.