Urush faxriylari nafaqa va mukofotdan rozimi?

Image caption Urush faxriylarining soni yildan-yilga kamayib bormoqda

Prezident Karimov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 400 ming so‘m pul mukofoti berish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Bugungi kunda mamlakaPrezident Karimov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 400 ming so‘m pul mukofoti berish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Bugungi kunda mamlakatda 6 ming 700 nafar urush faxriysi qolgan.

Ularning soni yildan-yilga bilan kamayib bormoqda.

Mutasaddilar 400 ming so‘mlik mukofotdan tashqari esdalik sovg‘alari ham berilishini aytmoqda.

Biroq narx-navo o‘sib borayotgan bir vaqtda bu miqdordagi pulning kamligi e‘tirof etilmoqda.

"Nafaqamiz yetadi"

Ikkinchi jahon urushida Stalingrad qamalidan tortib Berlingacha borgan jizzaxlik urush faxriysi Nizom ota Suvonqulov yaqinda 89 yoshni qarshiladi.

Birinchi guruh nogironi bo‘lmish Nizom ota davlatga 68 yil xizmat qilganini va shu kunlarda 550 ming so‘m nafaqa olishini aytadi.

"550 ming nafaqa olaman, 18 aprel kuni prezidentimiz bayram munosabati bilan 400 ming so‘m berilsin deb farmoyish berdi. Nafaqamiz yetadi, yomon emas. Bolalarning o‘zi ishlaydi, topadi. Farzandlarimiz pul berib qarab turadi, hech qiyinchiligimiz yo‘q", - deydi jizzaxlik Nizom ota Suvonqulov.

Prezident farmonida qora bozordagi kurs bo‘yicha 142 dollarni tashkil qiluvchi pullar tantanali ravishda berilsin deyilgan. Ushbu vazifani bir necha yillardan beri "Nuroniy" jamg‘armasi bajarib keladi.

"Nuroniy" jamg‘armasining Farg‘ona viloyati bo‘limidan ismini oshkor qilishni istamagan xodimning aytishicha, urush faxriylarining asosiy qismi yurolmay qolgani bois pullar tantanali ravishda uyga olib borib beriladi.

"Tantanali ravishda uyiga borib beriladi. Chunki ularning ko‘pchiligi mustaqil yurolmasligi uchun, harbiy kommisariatlarga topshiriq berilgan. Ular bizning joylarimizdagi vakillarimiz va hokimiyat xodimlari bilan birga borib, yoshlar ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi. Gul va boshqa sovg‘alar ham beriladi", - deydi "Nuroniy" jamg‘armasining Farg‘ona viloyati bo‘limi vakili.

Nuroniy jamg‘armasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qo‘shimcha sovg‘alar ko‘ylakdan tortib kostyum-shimgacha bo‘lishi mumkin.

Vatanga xizmatning bahosi

Ikkinchi jahon urushi yillari front ortida xizmat qilgan o‘zbekistonlik 117 mingdan ortiq nafaqaxo‘r qolgan. Ular mukofot puli olishmaydi, ammo mahalliy homiylar orqali bir oz oziq-ovqat olishadi. Front ortida mehnat qilgan Boris Primazon urush faxriylariga berilayotgan mukofot puli bir oylik nafaqaga tengligini va agar tejab ishlatilsa bir kishiga bir oy yashashga yetishini aytadi.

"Bir oy yashashga yetadi. Nafaqaxo‘rlar 350-400 ming so‘m nafaqa oladi, 250 ming oladiganlari ham bor. Bir kilo go‘sht shu kunlarda 20 ming so‘m bo‘lib turibdi. Narxlarni ko‘tarib yuborishdi. Bir quti gugurt 50 so‘mdan 100 so‘mga chiqdi. Tuz 200 so‘mdan 800 so‘mga ko‘tarildi, hamma narsaning bahosi oshdi, juda qimmat", - deydi nafaqadagi Boris Primazon.

"Nuroniy" jamg‘armasi ma‘lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushida qatnashgan 6700 urush faxriysi qolgan. Ularning soni yildan yilga keskin kamayib ketayotgani kuzatiladi. 2008 yilda 14 mingdan ortiq urush faxriysi bo‘lgan bo‘lsa, oradan 4 yil o‘tib ularning soni ikki barobardan ham ko‘proqqa qisqargan.

"Nuroniy" jamg‘armasi Sirdaryo bo‘limi xodimining aytishicha, davlat tomonidan tantanali ravishda berilayotgan 400 ming so‘m urush faxriylarining vatan uchun qo‘shgan hissasi oldida juda ham kam.

Ularning aksari yoshi o‘tishi munosabati bilan turli kasalliklarga tez-tez chalinadigan bo‘lib qolishgan, ushbu pullar dori-darmonning o‘ziga ham yetmay qolishi mumkin. tda 6 ming 700 nafar urush faxriysi qolgan.