EIG: Harbiy xizmatga majbur yoshlarning harakatlanish erkinligi cheklanmoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston hukumati harbiy xizmatga majbur yigitlarning harakatlanish huquqini cheklamoqda.

Toshkentdagi mustaqil Ekspert Ishchi Guruhi ana shunday bayonot bilan chiqqan.

Unda aytilishicha, xorijga ishlash uchun borayotgan xizmatga majbur yoshlar Qozog‘iston bilan chegarada to‘xtatilib, ortlariga qaytarib yuborilmoqda.

Guruh shu yil fevralidan buyon O‘zbekiston bilan viza tartibiga ega bo‘lmagan MDHning boshqa davlatlarida ham o‘zbek fuqarolariga nisbatan shunday tartib amal qilayotganini aytgan.

Ekspert Ishchi Guruhi O‘zbekiston hukumatini fuqarolarning erkin harakatlanishiga qo‘yilgan barcha noqonuniy cheklovlar, jumladan, chiqish vizasini bekor qilishga chaqirgan.

Guruh rahbari Suhrob Ismoilovga ko‘ra, amaldagi tartibning qattiqlashtirilishiga tobora ko‘proq yoshlarning pul topish uchun Rossiya va Qozog‘iston chiqib ketayotgani sabab.