"O‘zbekistondagi faollar doimiy kuzatuv ostida"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Xitoylik dissident Chen Guanchenning uy qamog‘idan qochishi dunyo bo‘ylab inson haqlari va siyosiy erkinliklar uchun kurashayotgan faollarning taqdiriga e‘tibor qaratgan.

Dunyoning eng repressiv va shafqatsiz tuzumlaridan biri deb ta‘riflanadigan O‘zbekistonda o‘nlab faollar qamoqqa tashlangan, qiynoqqa solingan va ta‘qiblardan qochib,vatanni tashlab chiqishga majbur bo‘lganlar.

Ulardan ayrimlari qamoqda jon bergan.

Ammo xalqaro hisobotlarda chiziladigan butun bu dahshatli manzaraga qaramay, kam sonli faollar hanuz mamlakat ichkarisida inson huquqlari buzilish hollarini hujjatlashtirish va tashqi dunyoni O‘zbekistondagi vaziyatdan xabardor qilishda davom etmoqdalar.

Ulardan biri, mustaqil Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov 2003 yil avgustida suiqasddan omon qolgan.

Uning aytishicha, ta‘qib va tazyiqlar kundalik hayotning bir qismiga aylangan.