Liviya sobiq neft vaziri daryoga "cho‘kib" ketgan

Image copyright BBC World Service
Image caption Shukri G‘anim o‘tgan yili Liviyadan qochib chiqqan edi

Avstraliyada o‘tkazilgan dastlabki tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Liviyaning sobiq neft vaziri Shukri G‘anim daryoga cho‘kib ketgan.

Janob G‘animning jasadi yakshanba kuni Venadan oqib o‘tuvchi Danube daryosidan topilgan edi.

Politsiya so‘zchisi Roland Hahslingerning aytishicha, ekspertiza tekshiruvlari uni cho‘ktirib yuborilgani yoda o‘z joniga qasd qilganiga oid hech qanday alomatni aniqlamagan.

69 yashar Shukri G‘anim o‘tgan yili Liviyada polkovnik Muammar Qaddofiyga qarshi qurolli isyon boshlanar ekan mamlakatni tark etgan edi.

Janob G‘anim Liviya Milliy Neft Korporatsiyasi rahbari lavozimida ham ishlagan.

U Muammar Qaddofiy hukumati ag‘darilganidan buyon Venada istiqomat qilayotgandi.