19-asrda Markaziy Osiyoga safar qilgan Ole Olufsen suratlari

Image copyright Ole Olufsen
Image caption Goranlik uch oqsoqol o‘z ovozlarini eshitib ko‘rishayapti. Fonograf unda hali endi kashf etilgandi. U bu surat olinishidan ikki yil avvalgina ishga tushgan.

Markaziy osiyoliklarni birinchilardan bo‘lib suratga olgan fotograf daniyalik geograf Ole Olufsen bo‘lgan. U 1896-97 va 1898-99 yillarda Markaziy Osiyoga safar qilgan.

Janob Olufsen Pomir tog‘lari, Buxoro, Xiva va Farg‘ona vodiysida shisha parchalariga yuzlab suratlar olgan. Uning insoniylikka boy suratlari bizning o‘sha davrlar haqidagi bilimimizni savol ostiga oladi.

Olufsen va uning jamoasi mintaqa bo‘ylab poyezd, kema, arava va otlarda safar qilgan. Ular o‘zlari bilan olib yurgan yangi texnologiyalar orasida fonograf, ya‘ni musiqa va turli tillardagi qo‘shiqlarni yozib olishga mo‘ljallangan jihoz ham bo‘lgan.

Olufsen ekspeditsiyasi Markaziy Osiyo butkul o‘zgarayotgan davrni yozib olgan. Pomir tog‘larida hayot avvalgidek davom etdi, lekin shaharlarda turmush ostin-ustun bo‘layotgandi.

Buxoroda amirga ziyoli islohotchilar qarshi chiqqanlar. Toshkentda Rusiya nazorati o‘rnatilgan esada, Farg‘ona vodiysida vaziyat beqaror edi.

Jamoa 1898 yil mayida O‘sh shahriga kirib kelganida, mahalliy hukmdor Eshon Madali Andijondagi rus garnizoniga hujum qilgandi.

Olufsen o‘zi guvoh bo‘lgan barcha voqealardan hayratga tushgan va siyosatdan tortib tabobat olamidagi dorivor giyohlargacha bo‘lgan ma‘lumotni o‘z kundaliklarida yozib qoldirgan.

Ole Olufsen olgan suratlarni mana bu linkni bosish orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Suratlar Ruben Bledelning ruxsati bilan namoyish qilinmoqda.

Suratlar Ester Filning "Markaziy Osiyo tadqiqoti" kitobi va Kopengagen Milliy Muzeyi arxividan olindi.

Muharrir: Monika Uitlok