Birodar Abduraimov: "Messi Xudo bergan talant..."

Image copyright AFP

Bir mavsumda urgan to‘plarining soni bo‘yicha Ovro‘po rekordini yangilagan Lionel Messining muvaffaqiyatiga baho berarkan, O‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov uning "Xudo bergan talant" ekanini aytadi.

"Malaga" bilan o‘yinda o‘ziyam raqib darvozasini bir emas, uch bor aniq nishonga olarkan, dunyo futboli yulduzining bu yil hisobidan barcha turnirlarda kiritgan to‘plarining soni 68 taga yetgan.

Messi bu yilgi mavsumda birgina "Barselona" safida urgan to‘plarining soni esa, qirqdan ortgan.

Bu 1973 yilda "Bavariya" o‘yinchisi Gerd Myuller tomonidan o‘rnatilgan rekorddan bittaga ko‘pdir.

Lionel Messi yaqinda o‘zining qanchalik zo‘r to‘purarligi bilan Barsa tarixida ham yangi rekord o‘rnatgandi.

Ustiga ustak, shu paytga qadar dunyoning biror bir o‘yinchisi ketma-ket uch bor "Jahonning eng zo‘r futbolchisi", deb ham topilmagandi.

"Bu haqiqatda ham juda katta muvaffaqiyat. Bu, birinchidan, 100 foiz mehnat natijasi. Bundan tashqari, Xudo bergan iste‘dod. Jussasi kichkina bo‘lsa ham, juda ko‘p mehnat qiladi", deydi O‘zbek futboli afsonasi.

Birodar aka Abduraimovning aytishicha, yulduz futbolchi sifatida eng avvalo Lionel Messining texnikasi, maydonda qanday fikrlashi va qanchalar chaqqon ekaniga tan beradi.

Suhbatimizda batafsilroq tinglang:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi