Afg‘onistondagi suv toshqinida odamlar qurbon bo‘lgan

Image copyright no credit
Image caption Qishloq aholisi sel kelgan paytda to‘y marosimini o‘tkazayotgan bo‘lgan

Afg‘on rasmiylariga ko‘ra, mamlakat shimolida kuzatilgan so‘nggi suv toshqinlarida kamida yigirma kishi qurbon bo‘lgan, 80 kishi bedarak yo‘qolgan.

Ko‘plab uylarni suv yuvib ketgan.

Mahalliy mas‘ullar boshpanasiz qolgan yuzlab insonlarga yordam berish uchun qo‘llari kaltalik qilayotganidan shikoyat etishgan.

So‘nggi kunlarda kuchli yog‘ingarchiliklar halokatli suv toshqinlari va loy ko‘chkilariga sabab bo‘lgani kuzatilgan.

Suv toshqinidan eng ko‘p Sari Pul viloyatidagi kishloq zarar ko‘rgan.

Qishloq aholisi sel kelgan paytda to‘y marosimini o‘tkazayotgan bo‘lganlar.

Qishloqda qidiruv-qutqarish ishlari davom etayotgani aytilgan.