"Karri saraton xastaligini davolashi mumkin"

Image copyright spl
Image caption Karri tarkibidagi moddalar saratonni davolashi mumkin, deyishmoqda olimlar

Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, karrining tarkibida ichak saratonini yo‘qotishga qodir modda topilgan.

Karri taomi uchun ishlatiladigan kurkumin sog‘liq uchun muhim afzalliklarga ega ekan.

Tekshirishlar kurkuminda rak to‘qimalarini so‘rish xususiyati mavjudligi, shuningdek, insult va demenshiya bilan xastalangan bemorlarni ham davolashda ishlatilishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Leykesterdagi kasalxonalarda saraton kasalligiga chalingan bemorlarga ximiyaterapiya muolajasi bilan birga, kurkumin moddasi ham berib ko‘riladi.

Buyuk Britaniyada har yili qariiyb 40 000 kishiga ichak saratoni tashxisi qo‘yiladi.

Bu kasallikning oldini olishni maqsad qilgan tadqiqot guruhiga ko‘ra, Leykester Qirollik shifoxonasi va Leykester bosh kasalxonalaridagi 40 ta bemorga ximiyaterapiyani boshlashdan yetti kun oldin kurkumin hapdorilari beriladi.

Tadqiqotga rahbarlik qilayotgan professor Uilyam Styuartning aytishicha, hayvonlarda bu ikki davo chorasini birgalikda amalga oshirish juda yaxshi natijani bergan.

Uning aytishicha, "Ichak saratoni tarqalgandan so‘ng uni davolash qiyin kechadi. Bir tomondan ximiyaterapiyaning qoldiradigan asoratlari davolashni davom ettirishni cheklab turadi.

Kurkumin moddasi esa rak to‘qimalarining ximiyaterapiyaga ta‘sirchanligini kuchaytiradi va bemor organizmi kamroq asorat bilan davolashni kechiktirmasdan davom ettirishi mumkin bo‘ladi".