Holid Shayx Muhammad va uning hamkorlari mahkamasi qaytadan boshlangan

Image copyright afp
Image caption Oldingi mahkamada Holid Shayx Muhammad o‘zini aybdor deb tan olishini va shahidlikni sharaflashini aytgan

2001 yil 9 sentyabr portlashlarini uyushtirganlik aybi bilan hibsga olingan Holid Shayx Muhammad va uning to‘rt safdoshi Guantanamoda harbiy tribunalga tortiladi.

Bundan uch yil oldin, qudratga prezident Barak Obama kelganidan keyin mahkama to‘xtatilgan, janob Obama Guantanamo harbiy tribunalini fuqaroviy mahkamaga almashtirishga qaror qilgan edi.

Biroq uning bu rejasi Kongress qarshiligi tufayli amalga oshmay qoldi.

Pentagon rasmiylariga ko‘ra, Guantanamoda yangi tartiblar joriy qilingan, jumladan, qiynoqlar orqali ko‘rsatma olish ta‘qiqlangan.

Himoyachilarning aytishicha, mijozlar bilan muloqotning cheklanganligi bois vaziyatni aniq tasvirlash qiyin.

Prezident Obamaning Holid Shayx Muhammadni Nyu-Yorkda so‘roq qilish harakatlari siyosiy va ijtimoiy sharoitlar bois amalga oshmaganidan so‘ng, harbiy tribunal ilgaridan rejalashtirilgan Guantanamoda o‘tkazilishi ma‘lum qilingan.

Portlashlarda qurbon bo‘lganlarning kam sonli yaqinlari ayblovda ishtirok etish uchun kelishgan.

Harbiy mahkamaga yuz tutajak Sentyabrь portlashlarining "ruhlantiruvchi"si Holid Shayx Muhammad va uning to‘rt safdoshi - Volid bin Attash, Ramzi Binalshibh, Ali Abdul Aziz Ali va Mustafo Ahmad al-Havsaviy harbiy jinoyatlar sodir etganlikda, Ular Nyu-York, Vashington va Pensilvaniyadan uchoqlarni olib qochish va 2976 kishining o‘limida ayblanishmoqda

Shanba kungi mahakada ularga terrorizm, til biriktirish va olib qochish, mulkni vayrok qilish va qotillik ayblovlari o‘qib eshittiriladi.

Ayblanuvchilar birinchi marta mahkamada murojaat qilishlari kutilmoqda.

Ramzi Binalshibning himoyachisi Jim Xarringtonning Associated Press agentligiga aytishicha, mijozi hujumda o‘rni borligidan "faxrlansa ham, o‘zini "aybdor deb hisoblamasligi"ni aytgan.

"Men bu yerda hech kim o‘zini aybdor deb biladi, deb o‘ylamayman", - degan himoyachi.

Fuqaroviy mahkama emas, harbiy mahkama o‘tkazilishi bahsli sanalib, besh kishi ustidan mahkama jarayoni davomida uzoq huquqiy tortishuvlar bo‘lishi kutilmoqda.

2009 yilda Barak Obama hukumati ishni Amerikada fuqaroviy mahkamasida ko‘rib chiqish harakati, ko‘p sonli norozilik munosabatlariga sabab bo‘lganidan so‘ng 2011 yil aprelida bu qaror bekor qilingan edi.

Natijada 2011 yil iyunida besh ayblanuvchiga ilgari Bush hukumati chiqargan ayblov nusxasi bilan bir xil hujjat e‘lon etiladi.

Pentagon kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan Holid Xayx Muhammadning 9 sentyabr hodisalarining boshidan oxirigacha mas‘uliyatni o‘z bo‘yniga olganligini ma‘lum qilgan edi.

Oldingi mahkamada Holid Muhammad o‘zini aybdor deb tan olishini va shahidlikni sharaflashini aytgan.

U 2003 yil martida Pokistonda qo‘lga olingan va 2006 yildan buyon Guantanamoda saqlanib kelinadi.

Amerikalik qoralovchilarning ta‘kidlashicha, Holid Xayx Muhammad boshqa terroristik faoliyatlarga ham aloqador.

Uni 2002 yilda Bali, Indoneziyadagi portlashlarda, 1993 yilda Jahon savdo markazidagi portlashda, amerikalik jurnalist Daniel Perlning o‘limi va boshqa jinoyatlarga aloqador hisoblanadi.

2007 yilda bo‘lib o‘tgan mahkama tinglovida u Guantanamo bazasida qiynoqqa tutilganligini ham da‘vo qilgan.

Xolid Shayx Muhammadning iddaolari Amerika Josuslik Xizmatining hujjatlarida o‘z tasdig‘ini topgan.

Hujjatlarga qaralsa, u 183 marta suvga bo‘ktirib, qiynalgan.