Amerika uchog‘i Pokistonda jangarilarni o‘ldirgan

Image caption Amerika uchuvchisiz uchoqlarda sodir etilgan hujumlarda yuzlab odamlar o‘ldirilgani haqida aslida hisob bermaydi

Pokiston rasmiylariga ko‘ra, Amerikaning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘i jangarilar jamlog‘i deb ko‘rilgan joyni hujumga tutishi ortidan kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan.

Hodisa Pokiston va Afg‘oniston chegarasida, Shimoliy Vaziriston hududida sodir etilgan.

Pokiston hududidagi qavmlar nazorat qiladigan 7 hududdan biri bo‘lgan Shimoliy Vaziristonni Amerika rasmiylari Tolibon va "Al-Qoida" jangarilari panoh topgan bexatar makon, deb biladilar.

Yillar davomida Amerikaning uchuvchisiz uchoqlari Vaziriston mintaqasiga hujumlar uyushtirib keladi.

Pokiston rasmiylari bu dron hujumlari qurbonlarining aksari tinch fuqarolar ekanini aytib, uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlardan Pokiston hududini bombalashni to‘xtatishni talab qilib kelmoqda.

Amerika uchuvchisiz uchoqlarda sodir etilgan hujumlarda yuzlab odamlar o‘ldirilgani haqida aslida hisob bermaydi.

Barak Obama prezidentligi ostida bu hujumlarning soni 2010 yilda 101 tani tashkil etgani, 2011 yilda 64 marta o‘tqazilgani aytilgan.

Pokistonda raketa hujumlari ortidan keyingi sakkiz yilda 1715 dan 2680 tagacha odam halok bo‘lgani xabar qilingan.