"Al-Qoida"ning yana bir qo‘mondoni o‘ldirilgan

Image caption Amerika Fahd Muhammad al-Kuso haqidagi ma‘lumot uchun besh million dollar va‘da qilgan

Amerikaning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘i "Al-Qoida"ning Yamandagi nufuzli qo‘mondoni Fahd Muhammad al-Kusoni o‘ldirgan.

Uniing o‘limiga qasos sifatida Yaman janubida jangarilarning hukumat armiyasiga qilgan hujumi ortidan kamida 20 askar halok bo‘lgan.

Al-Kusoning o‘limini Amerikaning Yamandagi elchixonasi rasmiylari, shuningdek "Al-Qoida" ham tasdiqlagan.

2009 yilda ham Muhammad al-Kusoning o‘ldirilganligi aytilgan, so‘ngra bu xabar o‘z tasdig‘ini topmagan.

2000 yilda Yamanning Aden portida kema portlashi natijasida 17 Amerika askari halok bo‘lgan, 40 kishi jarohat olgan edi.

Ushbu portlashga aloqador deb ko‘rilgan Muhammad al-Kuso Yaman hukumati tomondan qo‘lga olingan.

2007 yil Amerikaning noroziligiga qaramasdan qamoqdan ozod qilingan.

Amerika prezidentiniing terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi Jon Brennanga ko‘ra, "faqat bir kishiga nisbatan yirik harbiy amaliyot uning terrorchilikka aloqasi borligiga aniq dalillar natijasida amalga oshiriladi".

Bundan oldin Amerika razvedkasi tomonidan uzoq vaqt qidiruvda bo‘lgan Fahd Muhammad al-Kuso haqidagi ma‘lumot uchun besh million dollar va‘da qilingan.