Amerikalik shifokorlar SPIDga qarshi dorini tavsiya qilishgan

Image copyright AP
Image caption Truvada odamlarda yanada xavfli seksual harakatlarni keltirib chiqarishi yoki doriga chidamli yangi virusni paydo qilishi mumkin, degan xavotirlar ham mavjud

Amerika sog‘liqni saqlash bo‘yicha ekspertlar yig‘ini birinchi bor SPID virusiga qarshi dorini ishlatishni ma‘qullagan.

Shifokorlar Amerika oziq-ovqat va dori-darmonlarni nazorat qilish boshqarmasiga Truvada dorisini SPID bilan zararlanishga moyil guruhga kiruvchi odamlarga kundalik qabulni tavsiya etishgan.

Oziq-ovqat va dorilar ustidan nazorat boshqarmasi federal hukumat tashkiloti sifatida ekspertlar maslahatiga quloq solishga mas‘uliyatli bo‘lmasada, ko‘p hollarda uning tavsiyalariga amal qiladi.

Kuzatuvchilar SPIDga qarshi yangi era boshlangani haqida gapirishgan.

Oldinroq Nazorat boshqarmasi Truvadani SPID bilan zararlangan kishilarga umumiy terapiya sifatida boshqa antivirus vositalar qatorida tavsiya qila boshlagan edi.

2010 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar Kaliforniyaning Gilead Sciences kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Truvada dorisi gomoseksual-erkaklarni SPID bilan zararlanishini sezirarli darajada qisqartirganini va zararlangan odamlarning sog‘lom juftlari SPID bilan og‘rishini 44-73 foizga kamaytirganini ko‘rsatgan.

Antivirus vositalar qo‘llash ekspertlar kengashiga ko‘ra, Truvadani SPID virusi tashuvchisi bo‘lmagan, ayni paytda turli juftlar bilan jinsiy aloqada davom etadigan erkaklarga tavsiya qilish qaror qilingan.

Kengashning 19 a‘zosi bu qarorni ma‘qullagan, uch kishi unga qarshi chiqqan.

Truvadani qo‘llash haqidagi bahs-munozaralar 11 soat davom etgan.

Bir qancha shifokorlarning xavotirlariga ko‘ra, yangi dori odamlarda yanada xavfli seksual harakatlarni keltirib chiqarishi yoki doriga chidamli yangi virusni paydo qilishi mumkin.

Shunga qaramasdan, ko‘pchilik ovoz bilan kengash qarori ma‘qullashgan.

Amerika oziq-ovqat va dori -darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasining 15 iyunda bo‘lib o‘tadigan majlisi Truvada dorisini qanday qo‘llash masalalariga bag‘ishlanadi.