Amerika va rossiyalik kosmonavtlar birgalikda parvoz qilishgan

Image caption Kosmonavtlar kosmosda to‘rt oy mobaynida bo‘lishadi

"Soyuz" kosmik kemasining tarkibida ikki rus va bir amerikalik kosmonavt Baykonur kosmodromidan, sinov apparatlarining nosozligi tufayli e‘lon qilingan muddatdan bir oy o‘tib, parvoz qilishgan.

Gennadiy Padalka, Sengey Revin va Jozef Akabadan tashkil topgan ekipaj Xalqaro kosmik stantsiyasiga chiqadi.

Rossiyalik Gennadiy Padalka guruhning eng tajribali a‘zosi bo‘lib, kosmosga uch marta safar qilgan,sakkiz marta ochiq kosmosga chiqib, jami 585 kundan ortiq vaqt kosmosda bo‘lgan.

"Soyuz"ning Xalqaro kosmik stantsiyaga chiqishi 17 mayda Moskva vaqti bilan ertalab 8.39da avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Kosmonavtlar o‘zlari bilan vaznsizlik holatini ko‘rsatuvchi yumshoq o‘yinchoqlar, shuningdek iPad i iPodga yuklangan musiqa va filmlarni olib chiqishgan.

Kosmonavtlar orbitada 126 kun davomida bo‘lishlari mo‘ljallangan.

Ekspeditsiya rejasi bo‘yicha Ovro‘poning ATV yuk kemasini qabul qilib, yerga jo‘natish, Yaponiyaning HTV yuk kemasini ko‘rish va ikki Dragon va Orbital Sciences kompaniyasining bir kemasini qabul qilishi kerak bo‘ladi.