Bangladeshda islomiylar rahbari mahkamaga tortilgan

Dakkada mamlakatdagi yetakchi islomiy partiya rahbarlaridan biri Matur Rahmon Nizomiy ustidan mahkama boshlangan.

Matur Nizomiy 1971 yilda mustaqillik uchun olib borilgan urush vaqtida genotsid va ommaviy qotilliklarda ayblanmoqda.

Islomiy partiya matbuot kotibining aytishicha, Matur Nizomiyga qo‘yilayotgan ayblovlarning barchasi "siyosiylashtirilgan".

Hukumat bu fikrni tasdiqlamagan.

Bangladeshning Hindiston ko‘magida Pokistondan mustaqil bo‘lish uchun olib borgan urush 10 oy davom etgan va turli hisoblarga ko‘ra, 300 mingdan 3 milliongacha insonlarning umriga zomin bo‘lgan.