BBC mehmoni - iste‘dodli shoir va tarjimon A‘zam Obidga savol yo‘llang

Image copyright none

A‘zam Obidov 1974 yil 8 noyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan.

O‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgach, A‘zam Namangan davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.

A‘zam o‘quvchilik yillarida "Mening birinchi kitobcham" respublika yosh ijodkorlari tanlovi g‘olibi bo‘lgan.

Shoirning "Yo‘limni poylaydi mo''jiza", "Muhabbat oqaver tomirlarimda", "Sog‘intirib ketgum qadamlarimni" kabi kitoblari nashr etilgan.

A‘zam Obidov ingliz va frantsuz tillaridan qilgan badiiy tarjimalari bilan ham tanilgan.

O‘zbek she‘riyatidan ingliz tiliga qilgan tarjimalari esa, O‘zbekistonda kitob holida, chet ellarda qator gazeta va jurnallarda chop etilgan.

BBCga gapirarkan A‘zam Obidov: "O‘z ijodimdan ko‘ra ko‘proq O‘zbek adabiyotini dunyo o‘quvchilariga yetkazish haqida o‘ylayman. Aynan o‘zbek adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqish asosiy maqsadlarimdan biri", deydi.

U - xalqaro she‘riyat va tarjima anjumanlari, adabiy festivallar va dasturlar ishtirokchisi.

Badiiy, ilmiy, madaniy sohadagi faoliyati uchun 30 dan ortiq faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

She‘rlari ingliz, turk, ispan, rus, vьetnam, yapon, hind, assam, malayalam, gujarati, bolgar tillariga tarjima qilingan va chet ellarda nashr etilgan.

A‘zam Obidov ingliz, rus, turk, frantsuz, arab, ispan tillarini o‘rgangan.

Shoir ijodidan namunalarni mana bu yerdan tinglang:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Iste‘dodli shoir va tarjimon A‘zam Obidovga savollaringizni quyidagi forma orqali bbcuzbek.com ga yo‘llang