O‘zbekistonda davlat mablag‘larining "kamida 20 foizi" o‘zlashtiriladi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image caption Shoymamat Sherqobilov O‘zbekiston prezidentining Termizga safaridan bir kun o‘tib hibsga olingani xabar qilingan

O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, Termiz tuman hokimi hibsga olingan.

Xabarlarda aytilishicha, Shoymamat Sherqobilov yerlarni noqonuniy sotish va boshqa iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Yana bir hokimning hibsga olingani haqida Prezident Karimovning Termizga safaridan bir kun o‘tib xabar qilingan.

Transparency International xalqaro nodavlat tashkilotiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning eng korruptsiyalashgan mamlakatlaridan biridir.

Tashkilot o‘tgan yili O‘zbekistonni idoriy fasod eng kuchli bo‘lgan dunyoning besh davlatidan biri deb topgandi.

Shoymamat Sherqobilov so‘nggi oylarda hibsga olingan kamida uchinchi hokimdir.

Ikki hafta muqaddam Buxoro shahar hokimining hibsga olingani, shu hafta esa Shahrisabz shahar sobiq hokimining hibsda vafot etgani haqida xabarlar olingan.

Shuningdek, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qator yuqori martabali shaxslar lavozimidan chetlatilib, ularga nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Amaldorlarga qarshi so‘nggi hibsga olishlar ortida qanday sabablar turgan bo‘lishi mumkin?

Ayni savol bilan BBC millionlab dollar davlat mablag‘larining o‘zlashtirilishiga doir jinoyat ishlarini tergov qilgan Toshkent shahar prokuraturasining sobiq xodimi Botir Husayinovni suhbatga tortdi.

Botir Husayinovning aytishicha, rahbarlarni "qamash bilan" muammoni hal etish imkonsiz.

Sobiq prokuror bilan suhbatni tinglang.