G‘afur Rahimov O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasidagi lavozimidan chetlatildi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright none
Image caption G‘afur Rahimov yaqin-yaqinlargacha O‘zbekistondagi sportning asosiy homiylaridan biri sifatida ko‘rilardi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining vitse-prezidenti G‘afur Rahimov lavozimidan chetlatilgan.

Olimpiya Qo‘mitasi tarqatgan xabarda aytilishicha, bunga janob Rahimovning o‘z fuqaroligini o‘zgartirgani sabab bo‘lgan.

Avvalroq G‘afur Rahimov Rossiya fuqaroligini qabul qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Xorij matbuotida O‘zbekistondagi jinoiy avtoritetlardan biri va narkobaron sifatida nomi tilga olinadigan 61 yoshli G‘afur Rahimov o‘zini ishbilarmon va metsenat sifatida taqdim qilib keladi.

U sportni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston hukumatining mukofotlariga ham sazovor bulgan.

Ammo sunggi paytlarda janob Rahimovning hukumatining nazaridan kolgani va O‘zbekistonni tark etgani aytiladi.

Shu yil boshida AQSh moliya vazirligi G‘afur Rahimovni "Bratva" yoki "Birodarlik xalqasi" jinoiy guruhi yetakchilaridan biri deya atab, unga qarshi jazo choralarini kiritgan.

G‘afur Rahimovning O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasidan chetlatilishi haqida mavzuni yaqindan o‘rgangan mustaqil jurnalist Shohda Yokubning BBC bilan suhbatda aytishicha, uning O‘zbekiston hukumati bilan munosabatlaridagi sovuqchilik bundan ikki yilcha avval boshlangan. Lekin bunga nima sabab bo‘lgani ma‘lum emas. Ba‘zilar bunga biznes sohasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lganligini taxmin qiladilar.

Shohida Yoqubga ko‘ra, G‘afur Rahimovni xalqaro miqyosda giyohvand moddalar savdosiga aralshagan shaxs sifatida ko‘rishsa ham bu da‘volar hali bironta mahkama tomonidan isbotlanmagan.