O‘zbekistonliklar Misrda kechayotgan siyosiy jarayonlardan qanchalar xabardor?

Dunyoning qator davlatlari rahbarlari Misrning yangi saylangan prezidentini g‘alaba bilan qutlaganlar.

AQSh Prezidenti Barak Obama o‘tkazilgan saylovlarni "Misrning demokratiyaga o‘tish yo‘lidagi muhim qadami" sifatida ta‘riflagan.

Xuddi Misrdagi inqilob haqida sukut saqlagani kabi...

Dunyoning qator mamlakatlari rahbarlari Misrning yangi saylangan prezidentini g‘alaba bilan qutlaganlar.

Amerika Prezidenti Barak Obama o‘tkazilgan saylovlarni "Misrning demokratiyaga o‘tish yo‘lidagi muhim qadami", deb atagan.

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg ham Mursiyga tabrik yo‘llagan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasi o‘zgarmasligiga umid bildirgan.

Dunyo ommaviy axborot vositalari nigohi ham Misrda, Musulmon birodarlari vakili bo‘lmish janob Mursiyda...

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari esa Misrdagi yangi prezident haqida sukut saqlamoqda.

Xuddi Misrdagi inqilob haqida sukut saqlagani kabi...Biz Toshkentlik jurnalist Narzulla Oxunjonovga sim qoqdik va undan Misr yangi prezident saylaganidan o‘zbekistonliklar xabardor bo‘lishdimi deb so‘radik?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekiston hukumatiga qarashli nashrlardan birida ishlaydigan boshqa bir jurnalist esa, Arab inqilobi doxil Misrdagi voqealarning yoritilmasligi mamlakatdagi jurnalistlarning faoliyatsizligi bilan bog‘liq emas.

Bu kabi mavzular, ayniqsa, inqilob mavzusiga og‘zaki ta‘qiq joriy etilgan va hushyor muharrirlarning nazoratidan chiqib biror narsa qilish mushkul.

Nomini oshkor etishni istamagan hukumat nashrida ishlaydigan bu jurnalistning aytganlaridan iqtibos keltirsak: "Prezidentimiz bizni jasoratsizlikda aybladilar bir necha marta...Ishondik u kishiga. Ammo, keyin qarasak, jasoratli jurnalistlar bor ekan, ammo matbuot erkinligi bilan yuzma - yuz bo‘lish jasorati na Prezidentda na hukumatda bor ekan!.. Biz emas, ular qo‘rqishadi erkin matbuotdan", deydi o‘zbekistonlik jurnalist.

Xo‘p, O‘zbekistonga qo‘shni Qirg‘iziston matbuoti Misrdagi voqealarni qanday yoritmoqda?

O‘zbekistonga qo‘shni Qirg‘izistonda esa, Bishkekdagi muxbirimiz To‘lqinbek Turdiboyevga ko‘ra, Muhammad Mursiyning prezident etib saylagani borasidagi xabar jonli yoritilmoqda.

"Qirg‘iziston milliy radiosidan har bir soatda uzatiladigan daraklarda Misr saylovlari natijalari eng birinchi bo‘lib berildi", deydi muxbirimiz.

Mamlakatda erkin faoliyat qiluvchi televizion kanallar ham ushbu yangilikni kechiktirmay xalqqa yetkazayotgani aytiladi.

Ko‘pdan beri amal qilib kelayotgan tartibga binoan dushanba kuni ro‘znomalarning aksariyati chop etilmagan, ammo ertangi sonda Misrdagi saylov natijalari bosh mavzusi bo‘lishiga ishonch bildiriladi.

Qirg‘izistondagi diniy masalalar bo‘yicha mutaxassislardan biri Qodir Malikov Misrdagi Islom dorulfununini bitirgan. Uning aytishicha, yangilikning ommaviy axborot vositalari va qirg‘izistonliklar uchun qiziqarli tomoni "dunyoviy hokimiyat o‘z obro‘sini yo‘qotib borayotgani"dir.

Siz hozir qayerdasiz? Misrdagi siyosiy o‘zgarishlar borasida qanday fikrdasiz? Fikrlaringizni quyidagi forma orqali bbcuzbek.com ga yo‘llang