O‘zbekistondagi matbuotning ahvoli uchun faqat jurnalistlar aybdormi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image caption Prezident Karimov jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytgan

Prezident Karimov o‘zbek jurnalistlarini mamlakatdagi voqealarni "haqqoniy va xolis" yoritishga chaqirgan.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida janob Karimov o‘zbek matbuotida tanqidiy chiqishlar yetishmayotganini urg‘ulagan.

"Qo‘lga kiritilgan yutuqlarga berilmasdan.. kimnidir ulug‘lash yo‘liga o‘tmasdan.. hayot voqe‘ligini haqqoniy va xolis aks ettirish talab etiladi", degan Prezident Karimov.

U jurnalist kasbini tanlagan har qanday insonga "mardlik, fidoyilik va jasorat kerak"ligini aytgan.

Prezident o‘zbek matbuotida ochiqlik va tanqid yetishmayotgani haqida birinchi marta gapirayotgani yo‘q.

Avvalroq davlat televideniyesida namoyish etilgan hujjatli filmda mahalliy jurnalistlardan ba‘zilari noxolislik va nopoklikda ayblangan.

Xo‘sh, gap faqat jurnalistlardami?

BBC Kanadada yashayotgan taniqli jurnalist Ismat Hushev va Farg‘ona viloyat Jurnalistlar Uyushmasi rahbari Muhammadjon Obidovlar bilan suhbatlashgan.