O‘zbekiston Xalq Harakati bir yil ichida nimalarga erishdi?

Image caption O‘zbekiston Xalq Harakati asosiy maqsadi Karimov tuzumini ag‘darish ekanini aytadi

O‘zbek muxolifatining bir qator guruhlarini o‘zida birlashtirgan O‘zbekiston Xalq Harakati o‘tgan hafta oxirida Praga shahrida o‘zining ikkinchi qurultoyini o‘tkazib, Karimov tuzumiga qarshi kurash bo‘yicha yangi rejani ishlab chiqqan.

Harakat faollari va kuzatuvchilar doxil 50 dan ziyod kishi ishtirok etgan qurultoyda qabul qilingan bu reja yetti banddan iborat.

O‘tgan yil bahorida tashkil etilgan O‘zbekiston Xalq Harakati O‘zbekistondagi joriy hokimiyatni ag‘darishni maqsad qilgandi.

Xo‘sh, bir yil vaqt ichida harakat nimaga erishdi?

BBC qurultoy so‘ngida ayni savol bilan O‘zbekiston Xalq Harakatining muvofiqlashtiruvchisi Namoz Normo‘‘min va harakat faoli, jurnalist To‘lqin Qorayevga murojaat qilgan.

Suhbatni Namoz Normo‘min boshlab beradi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi