Futbol bo‘yicha Ovro‘po chempionlari Ispaniya qiroli qabulida bo‘ldilar

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Yakshanba kuni Italiya milliy jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etib, 2012 yil Ovro‘po kubogini sohibi bo‘lgan Ispaniya jamoasi g‘alaba nashidasini surmoqda.

Isapaniya poytaxti Madrid markazidagi maydonga to‘plangan o‘n minglab insonlar qatorasiga uchta xalqaro musobaqada g‘alaba qozongan jamoani olqishlaganlar.

Ispaniyalik futbol yulduzlari usti ochiq avtobusda parad boshlashlaridan avval Madriddagi Zarzuela Saroyida Podishoh Xuan Karlos qabulida bo‘lganlar.

G‘alaba yurishi markaziy De Sibeles maydonida poyoniga yetgan.