Yosh iste‘dodli san‘atkor Jahongir Otajonovga savol bering

Iste‘dodli xonanda va bastakor Jahongir Otajonovning "Ikki qalb" qo‘shig‘i uning betakror ovozini O‘zbekistonga tanitdi, desak xato bo‘lmaydi.

U 1978 yilda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida tug‘ilgan.

O‘zbekiston va turkmanistonliklarning sevimli san‘atkorlari Ortiq Otajonov va Qo‘ziboy Otajonov Jahongirning amakilari bo‘ladi.

"Oilaviy muhit meni ham san‘atga qiziqishimni paydo qilgan", deydi u.

Jahongir hali 1-sinfda o‘qigan yillaridayoq qo‘shiq aytishni boshlagan.

Toshkentdagi Uspenskiy nomidagi maxsus bilim yurtida musiqadan saboq olgan.

U 2007 yildan buyon sahnaga Jahongir Rizo taxallusi ostida chiqishga qaror qilgan.

Shu yil may-iyun oylarida Londonda uyushtiriladigan WOMAD - Jahon musiqasi, san‘ati va raqsi festivali tashkilotchilari Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazishdi.

Bu tanlov tartibiga ko‘ra, ijrolari videosi qo‘yilgan qo‘shiqchilar uchun sotsial tarmoq foydalanuvchilari ovoz berishlari va birinchi o‘rinni egallagan ijrochining Londonda iyul oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan festivalda kuylashi mo‘ljallangan.

Bu tanlovga Jahongir Rizoning jonli ijro etgan "Mavrigi" va "Arvachi" qo‘shiqlari qo‘yilgan edi.

WOMAD festivali tanloviga ilgari surilgan Jahongir Otajonov qo‘shiqlari

Tanlov yakunida WOMAD festivali tashkilotchilari ko‘p sondagi qo‘shiqchilar orasida Jahongirni 3-o‘rinni egallagani bilan tabriklashdi.

BBC mehmoni Jahongir Otajonovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

SMS raqamimiz:

+447786201124

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.