AQSh O‘zbekistonda o‘z harbiy bazasini ochadimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright BBC World Service
Image caption So‘nggi paytlarda AQSh mulozimlarining Toshkentga safarlari ko‘paygan

Toshkentga safar qilgan AQSh Kongressi a‘zolari Den Bo‘rton va Gregori Miks Prezident Islom Karimovga Afg‘onistondagi Amerika va Nato qo‘shinlariga ko‘rsatayotgan ko‘magi uchun minnatdorchilik bildirishgan.

Janob Karimov o‘zbek-amerika muloqoti "sur‘at bilan rivojlanayotgani va doimiy ravishda mustahkamlanib borayotgani"ni ta‘kidlagan.

Kongressmenlarning tashrifi O‘zbekiston MDHning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi ishtirokini to‘xtatishi haqida e‘lon qilganidan bir necha kun o‘tib yuz bermoqda.

Rossiyalik tahlilchilar Prezident Karimov Vashingtondan xavfsizlik kafolatlarini olgani va yaqin kelajakda O‘zbekistonda AQShning harbiy bazasi qaytadan ochilishini bashorat qilishmoqda.

BBC bu bashoratlarning qanchalik asosli ekani haqida Toshkentdan siyosiy fanlar nomzodi, AQSh tashqi siyosatiga doir qator tadqiqotlar muallifi Zabihullo Soipov bilan suhbatlashgan.