Rossiyalik taniqli jurnalist va ekspert Maksim Shevchenkoga savol bering

Image caption Maksim Shevchenko dinlararo munosabat mavzusidagi tahlillari bilan ham tanilgan.

Rossiyalik taniqli jurnalist va ekspert Maksim Shevchenko 1966 yil Moskvada tug‘ilgan.

U dastlab Moskva Aviatsiya institutini tugatgan.

Keyin Moskva Davlat Universitetining Osiyo va Afrika institutida sharqshunoslikni o‘rgangan.

Biroq bu institutni tugatmaganini aytadi.

Maksim Shevchenko 1987 yildan buyon mustaqil jurnalistikada faoliyat yuritmoqda.

U 1987 yildan 1991 yilgacha "Vestnik xristianskoy demokratii" jurnali muxbiri bo‘lib ishlagan.

So‘ng "Pervoye sentyabrya", "Nezavisimaya gazeta" va "Smыsl"jurnallarida faoliyat yuritgan.

Maksim Shevchenko "Nezavisimaya gazeta"ning muxbiri sifatida dunyoning "qaynoq nuqtalari" - Afg‘oniston, Pokiston, Checheniston, Dog‘iston, Yugoslaviya, Isroil va Falastinda ishlagan.

U 2000 yilda "Zamonaviy dunyoning din va siyosatini strategik tadqiq qilish markazi" deb nomlangan markazga asos solgan.

Bugungi kunda Maksim Shevchenko Rossiyaning millatlararo madaniyat va diniy siyosat masalalari bo‘yicha yetakchi ekspertilaridan biridir.

Uning Islom dini mavzusidagi fikrlari Rossiya jamiyatida turlicha qabul qilinayotganini ko‘rish mumkin.

U, xususan, Frantsiyada hijob taqiqlanganini keskin tanqid qilgan U Rossiya Birinchi kanalida "O‘zingiz hukm chiqaring" degan ijtimoiy-siyosiy ko‘rsatuviga boshlovchilik qilgan.

Shu yil boshidan "V kontekste"deb nomlangan ko‘rsatuvni olib boradi.

Shuningdek, radioda bir necha tahliliy dasturlarni tayyorlaydi.

BBC mehmoni Maksim Shevchenkoga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

SMS raqamimiz:

+447786201124

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.