Misr prezidenti konstitutsiyaviy bo‘hronga yechim yo‘llarini topmoqchi

Image copyright x
Image caption Muhammad Mursiy mamlakatda yuzaga kelgan muammoga yechim topish uchun harbiylar va hakamlar bilan muzokara o‘tkazish niyatida

Misr prezidenti Muhammad Mursiy mamlakatda yuzaga kelgan konstitutsiyaviy bo‘hronga yechim topish uchun harbiylar va hakamlar bilan muzokara o‘tkazish niyatida ekanini aytgan.

Hafta oxirida parlamentning quyi palatasiga qayta ish boshlashga izn beruvchi farmonni chiqargan Muhammad Mursiy harbiylar va hakamlarning keskin noroziligiga ro‘baro‘ bo‘ldi.

Asosan janob Mursiyning islomiy tarafdorlaridan iborat bo‘lgan parlament u prezident etib saylanishidan avval harbiylar tomonidan tarqatib yuborilgandi.

Tahlilchilar so‘zlariga ko‘ra, o‘rtada kelib chiqqan tortishuv Misrda yana siyosiy boshboshdoqlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Oliy Konstitutsiyaviy Mahkama chiqargan datlabki qaror saylov tartibi buzilgani uchun parlament quyi palatasidagi ba‘zi o‘rinlarni noqonuniy deb topgandi.

Mazkur qarordan ko‘p o‘tmay harbiylar parlamentni butunlay tarqatib yuborishdi.

Ammo harbiylarda parlamentni berkitish vakolati bor-yo‘qligi ma‘lum emas.

Qudrat bo‘shlig‘i

Janob Mursiy yakshanba kuni parlamentga qayta ish boshlashga izn beruvchi farmonni sodir etish tortishuvlarga yo‘l ochdi.

Unin mazkur farmoni mahkama qarori bilan bekor qilindi.

Chorshanba kuni bayonot chiqargan janob Mursiy devoni parlamentni qayta tiklash qaroridan qudrat bo‘shlig‘ini to‘ldirish maqsadi ko‘zlanganini ma‘lum qildi.

Bayonotda ta‘kidlanishicha, prezident "Misr hakamlari qarorini hurmat qiladi va har qanday munoqashani bartaraf etishni istaydi".

"Barcha siyosiy kuchlar, muassisalar va mahkamalar vaziyatni barqarorlashtirish uchun bamaslahat ish yuritishadi", deya ilova qilinadi bayonotda.

"Musulmon Birodarlari" partiyasida bo‘lgan janob Mursiy iyun oyida mamlakatda o‘tkazilgan ilk erkin saylovlarda prezident etib saylangan edi.